Педиатрия 1-нөмір (2026) · 268-275-беттер
GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA
Abdullayeva S.I., Karimova M.X.
Аңдатпа
Kirish: Gemoblastozlar, xususan o‘tkir leykozlar, ko‘rish a‘zosining ikkilamchi zararlanishlari bilan kuzatilishi mumkin. Leykemik retinopatiya gematologik kasalliklarning eng muhim oftalmologik asoratlari qatoriga kiradi va bir qancha hollarda kasallikning birinchi klinik belgisi bo‘lishi mumkin.Maqsad: O‘tkir leykozning turli shakllarida retinal o‘zgarishlar va gematologik parametrlar o‘rtasidagi klinik-gematologik korrelyatsiyani o‘rganish.Material va usullar: Tadqiqotga birlamchi aniqlangan o‘tkir leykoz (O‘NLL — 76, O‘LL — 60) tashxisi qo‘yilgan 136 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlar tashxis tasdiqlangandan keyin dastlabki besh sutka ichida, maxsus terapiya boshlanishidan oldin vizometriya, biomikroskopiya va majburiy medikamentoz midriaz ostida oftalmoskopiya usulida tekshirildi.Natijalar va muhokama: Obyektiv oftalmologik o‘zgarishlar 31 nafar bemorda (22,8%) aniqlandi. Intraretinal gemorragiyalar 15 (11,0%), Roth dog‘lari 9 (6,6%), paxtasimon ekssudatlar 7 (5,1%) bemorda qayd etildi. Intraretinal qon quyilishlar mavjudligi trombotsitopeniya bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liq edi (O‘LL: p=0,0001; O‘NLL: p=0,058). O‘LL bemorlarida intraretinal gemorragiyalar past gematokrit bilan ham bog‘liq bo‘ldi (p=0,05). Roth dog‘lari O‘NLL bemorlarida past gematokrit bilan bog‘liqligi aniqlandi (p=0,005). Paxtasimon ekssudatlar o‘rganilgan gematologik parametrlarning birortasi bilan bog‘liq emas edi.Xulosa: Trombotsitopeniya intraretinal gemorragiyalarning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Og‘ir trombotsitopeniya (<30×10⁹/l) mavjud barcha o‘tkir leykozli bemorlarni majburiy oftalmologik skriningdan o‘tkazish tavsiya etiladi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.