Педиатрия 1-son (2026) · 268-275-betlar

GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA

Abdullayeva S.I., Karimova M.X.

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Kirish: Gemoblastozlar, xususan o‘tkir leykozlar, ko‘rish a‘zosining ikkilamchi zararlanishlari bilan kuzatilishi mumkin. Leykemik retinopatiya gematologik kasalliklarning eng muhim oftalmologik asoratlari qatoriga kiradi va bir qancha hollarda kasallikning birinchi klinik belgisi bo‘lishi mumkin.Maqsad: O‘tkir leykozning turli shakllarida retinal o‘zgarishlar va gematologik parametrlar o‘rtasidagi klinik-gematologik korrelyatsiyani o‘rganish.Material va usullar: Tadqiqotga birlamchi aniqlangan o‘tkir leykoz (O‘NLL — 76, O‘LL — 60) tashxisi qo‘yilgan 136 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlar tashxis tasdiqlangandan keyin dastlabki besh sutka ichida, maxsus terapiya boshlanishidan oldin vizometriya, biomikroskopiya va majburiy medikamentoz midriaz ostida oftalmoskopiya usulida tekshirildi.Natijalar va muhokama: Obyektiv oftalmologik o‘zgarishlar 31 nafar bemorda (22,8%) aniqlandi. Intraretinal gemorragiyalar 15 (11,0%), Roth dog‘lari 9 (6,6%), paxtasimon ekssudatlar 7 (5,1%) bemorda qayd etildi. Intraretinal qon quyilishlar mavjudligi trombotsitopeniya bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liq edi (O‘LL: p=0,0001; O‘NLL: p=0,058). O‘LL bemorlarida intraretinal gemorragiyalar past gematokrit bilan ham bog‘liq bo‘ldi (p=0,05). Roth dog‘lari O‘NLL bemorlarida past gematokrit bilan bog‘liqligi aniqlandi (p=0,005). Paxtasimon ekssudatlar o‘rganilgan gematologik parametrlarning birortasi bilan bog‘liq emas edi.Xulosa: Trombotsitopeniya intraretinal gemorragiyalarning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Og‘ir trombotsitopeniya (<30×10⁹/l) mavjud barcha o‘tkir leykozli bemorlarni majburiy oftalmologik skriningdan o‘tkazish tavsiya etiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Abdullayeva S.I., Karimova M.X. (2026). GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA. Педиатрия, (1), 268-275.
GOST R 7.0.5
Abdullayeva S.I., Karimova M.X. GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA // Педиатрия. 2026. № 1. С. 268-275.
BibTeX
@article{m.x.2026,
  author  = {Abdullayeva S.I., Karimova M.X.},
  title   = {GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA},
  journal = {Педиатрия},
  year    = {2026},
  number  = {1},
  pages   = {268-275}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Abdullayeva S.I., Karimova M.X.
TI  - GEMOBLASTOZLARDA RETINAL O‘ZGARISHLAR VA GEMATOLOGIK PARAMETRLAR ORASIDAGI KLINIK- GEMATOLOGIK KORRELYATSIYA
JO  - Педиатрия
PY  - 2026
IS  - 1
SP  - 268
EP  - 275
ER  -