World of Philology 5-tom 02-san (2026) · 71-75-betler
CHET TILLARINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA GAMIFIKATSIYA ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Shaxzoda Rustam qizi, Yusupova, Alisherovna Mirkasimova, Zilola
Annotaciya
Ushbu maqolada chet tili darslarida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda gamifikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi o‘yin mexanikalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish orqali o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini va muloqot faolligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada gamifikatsiya elementlarining o‘quvchilar motivatsiyasiga ta’siri, psixologik barerlarni bartaraf etishdagi o‘rni hamda “role play” orqali muloqotga kirishish darajasini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijasida o‘yinlashtirilgan o‘quv muhitining an’anaviy metodlarga qaraganda samaradorligi ilmiy asoslab berilgan.
kommunikativ kompetensiya, gamifikatsiya, role play, lingvistik passivlik, interfaol metodika, motivatsiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.