Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 18-son (2026) · 10-13-betlar
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA 5T MODELI ASOSIDA TALABALARNING RAQAMLI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ĝafforova, Sevara
Annotatsiya
Mazkur tezisda oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning raqamli kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhiti sharoitida chet tilini egallash jarayoni lingvistik bilimlar bilan cheklanib qolmay, balki raqamli platformalarda samarali muloqot qilish, hamkorlikda ishlash, axborotni izlash, saralash, baholash va taqdim etish ko‘nikmalarini ham talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada 5T modeli — Target, Task, Technology, Teamwork, Tracking komponentlarining integratsiyasiga asoslangan ta’lim texnologiyasi sifatida yoritiladi.
ingliz tili, 5T modeli, raqamli ta’lim, kommunikativ kompetentlik, raqamli kompetentlik, Target, Task, Technology, Teamwork, Tracking, interaktiv ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.