Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 7 (2026) · с. 146-148
O‘ZBEK VA RUS TILLARIDA SALBIY EMOTSIONAL HOLATNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI
Kutliyeva, Feruzakhon, Кутлиева, Ферузахон, Kutliyevа, Feruzаxоn
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek va rus tillaridagi salbiy emotsional holatni (g‘azab, toqatsizlik, qayg‘u, ayyorlik, ta'na) ifodalovchi frazeologik birliklar qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun tanlangan to‘qqizta frazeologizm - tishini qayramoq, joni(dan) o‘tmoq, jag‘i ochilmoq, qovog‘idan qor yog‘moq, ilonni yog‘ini yalamoq, zardasi tutmoq, ensasi qotmoq, yuragini tirnamoq, tana qilmoq - semantik guruhlarga ajratilib, ularning rus tilidagi funksional-semantik muqobillari bilan qiyoslanadi. Tahlil natijasida frazeologik ekvivalentlik uchta turga: to‘liq, qisman va lakunar ekvivalentlikka bo‘linadi. Ishning nazariy asosini L.G. Babenko, V.I. Shakhovskiyning emotsiya lingvistikasi, A. Wierzbickaning konseptual tahlil metodologiyasi hamda Sh. Rahmatullayev va A. Hojiyevning o‘zbek frazeologiyasi bo‘yicha ishlari tashkil etadi.
frazeologik birlik, salbiy emotsiya, qiyosiy frazeologiya, ekvivalentlik, somatik frazeologizm, o‘zbek tili, rus tili.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.