Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 170-175-betlar
INGLIZ-O‘ZBEK BADIIY TARJIMASIDA SUN’IY INTELLEKT VA MUTARJIMLIK AMALIYOTINING TRANSMADANIY-CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI
Abduraimova, Khafiza, Абдураимова, Хафиза, Abduraimova, Xafiza
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda professional tarjimonlarning amaliy tajribasi transmadaniy va chog‘ishtirma yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ChatGPT, DeepL va Google Translate kabi sun’iy intellekt tizimlari tomonidan yaratilgan tarjimalar professional mutarjimlar tarjimalari bilan qiyoslanadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori metafora, idiomalar, milliy-madaniy birliklar, realiyalar va pragmatik ma’nolar tarjimasiga qaratilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning badiiy matnlardagi uslubiy, semantik va madaniy ekvivalentlikni qay darajada ta’minlay olishi tahlil qilinadi. Olingan natijalar sun’iy intellektning tarjima jarayonini tezlashtirishda samarali vosita ekanligini, biroq murakkab madaniy va estetik birliklarni tarjima qilishda professional tarjimon ishtiroki zarurligini ko‘rsatadi.
sun’iy intellekt, badiiy tarjima, transmadaniy tadqiqot, chog‘ishtirma tahlil, ChatGPT, DeepL, Google Translate, pragmatika, idiomalar, metafora
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.