Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 4-san (2026) · 465-470-betler
FALSAFIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Xodjamov, Asliddin, Maqsudov, Bunyod
Annotaciya
Mazkur maqolada falsafiy tafakkurni rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyalarining pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda falsafiy tafakkur tushunchasi va uning oliy ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilib, muammoli ta’lim texnologiyalarining talabalarda tanqidiy, mustaqil va ijodiy fikrlashni shakllantirishdagi imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.Shuningdek, muammoli ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan asosiy metodlar – muammoli vaziyat yaratish, debat, keys-stadi va guruhiy muhokamalar orqali talabalarning bilish faolligini oshirish samaradorligi tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlil va tajriba natijalari ushbu texnologiyaning ta’lim jarayonida samarali ekanligini tasdiqlaydi hamda uni falsafa fanini o‘qitishda keng qo‘llash zarurligini asoslaydi.
falsafiy tafakkurmuammoli ta’lim,pedagogik texnologiyatanqidiy fikrlasholiy ta’lim, interfaol metodlar
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.