Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 5 (2026) · Саҳифаҳои 295-299
NAVOIY ASARLARIDA ABDURAHMON JOMIY SIYMOSINING BADIIY-ESTETIK TALQINI VA PIR-MURIDLIK KONSEPSIYASI
A.B. Khayitov
Аннотатсия
Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida Abdurahmon Jomiy obrazining shakllanishi, uning ma’naviy-estetik talqini hamda pir-muridlik munosabatlarining badiiy ifodasi tadqiq etiladi. Tadqiqotda Jomiy siymosining tarixiy shaxsdan badiiy-ma’naviy ideal darajasiga ko‘tarilishi “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” va “Mahbub ul-qulub” asarlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, poetik, hermenevtik va matniy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada Navoiy Jomiyni nafaqat tarixiy shaxs yoki ustoz sifatida, balki tasavvufiy-ma’rifiy komillik timsoli sifatida talqin qilgani aniqlandi. Shuningdek, Jomiy obrazi orqali Navoiy o‘zining estetik va tasavvufiy qarashlarini ifodalagani asoslab berildi.
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, pir-muridlik, tasavvuf, badiiy obraz, ideallashtirish, ma’naviy komillik, manoqib, mumtoz adabiyot.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.