Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 9-11-betlar
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI YANGI AVLOD DARSLIKLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI
Ikramova, Taxmina
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada muallif tomonidan bo‘lajak mutaxassislarni yangi avlod darsliklari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan. Ta’lim tizimining raqamlashtirilishi, innovatsion pedagogik texnologiyalarning keng joriy etilishi hamda kompetensiyaviy yondashuvning ustuvor ahamiyat kasb etishi yangi avlod darsliklaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Tadqiqotda talabalarning axborotni izlash, tahlil qilish, mustaqil o‘rganish va amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishda yangi avlod darsliklarining o‘rni tahlil qilingan.
bo‘lajak mutaxassis, yangi avlod darsliklari, ta’lim sifati, kasbiy kompetensiya, raqamli ta’lim, mustaqil ta’lim, innovatsion pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv jarayoni, kompetensiyaviy yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.