Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026) · pp. 761-767

TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Xamrayev, Jamshid

Read at source PDF

Abstract

Maqolada Toshkent metropoliteni faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish va daromadlarbazasini kengaytirish masalalari xorijiy metro operatorlari tajribasi asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotningmaqsadi tarif va notarif daromad manbalarini uyg‘unlashtiruvchi, ijtimoiy maqbullikni saqlagan holda davlatsubsidiyalariga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qisqartirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmniishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy, tizimli, institutsional va kontent-tahlil usullari qo‘llanilib, GonkongMTR kompaniyasining “Rail + Property” modeli, Tokio Metrosining masofaga asoslangan tarif siyosati, stansiyahududlarini tijoratlashtirish hamda transportga yo‘naltirilgan rivojlanish amaliyoti o‘rganilgan. Natijalar Toshkentmetropoliteni uchun differensial tariflar, abonementlar, manzilli imtiyozlar, reklama va savdo avtomatlari, Park& Ride tizimi, ko‘chmas mulk va yer qiymati o‘sishidan daromad olish, raqamli boshqaruv hamda asosiysamaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida xarajatlarni nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashganmexanizmni joriy etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Muallif tomonidan mazkur mexanizmni uch bosqichdaamalga oshirish hamda uning samaradorligini tarif tushumlari hisobidan operatsion xarajatlarni qoplashkoeffitsiyenti (Farebox Recovery Ratio), bir yo‘lovchiga to‘g‘ri keladigan operatsion xarajat, notarif daromadlarulushi va subsidiya yuki kabi ko‘rsatkichlar orqali baholash taklif etilgan.

metropoliten, operatsion samaradorlik, tarif siyosati, differensial tarif, notarif daromad, Rail + Property, transportga yo‘naltirilgan rivojlanish, yer qiymatini qoplash, Park & Ride, raqamli boshqaruv.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Xamrayev, Jamshid (2026). TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH. Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт, 4(6), 761-767.
GOST R 7.0.5
Xamrayev, Jamshid TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH // Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. 2026. Т. 4. № 6. С. 761-767.
BibTeX
@article{jamshid2026,
  author  = {Xamrayev, Jamshid},
  title   = {TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH},
  journal = {Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт},
  year    = {2026},
  volume  = {4},
  number  = {6},
  pages   = {761-767}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xamrayev, Jamshid
TI  - TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
JO  - Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт
PY  - 2026
VL  - 4
IS  - 6
SP  - 761
EP  - 767
ER  -