Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 761-767-betlar
TOSHKENT METROPOLITENI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MEXANIZMINI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Xamrayev, Jamshid
Annotatsiya
Maqolada Toshkent metropoliteni faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish va daromadlarbazasini kengaytirish masalalari xorijiy metro operatorlari tajribasi asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotningmaqsadi tarif va notarif daromad manbalarini uyg‘unlashtiruvchi, ijtimoiy maqbullikni saqlagan holda davlatsubsidiyalariga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qisqartirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmniishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy, tizimli, institutsional va kontent-tahlil usullari qo‘llanilib, GonkongMTR kompaniyasining “Rail + Property” modeli, Tokio Metrosining masofaga asoslangan tarif siyosati, stansiyahududlarini tijoratlashtirish hamda transportga yo‘naltirilgan rivojlanish amaliyoti o‘rganilgan. Natijalar Toshkentmetropoliteni uchun differensial tariflar, abonementlar, manzilli imtiyozlar, reklama va savdo avtomatlari, Park& Ride tizimi, ko‘chmas mulk va yer qiymati o‘sishidan daromad olish, raqamli boshqaruv hamda asosiysamaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida xarajatlarni nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashganmexanizmni joriy etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Muallif tomonidan mazkur mexanizmni uch bosqichdaamalga oshirish hamda uning samaradorligini tarif tushumlari hisobidan operatsion xarajatlarni qoplashkoeffitsiyenti (Farebox Recovery Ratio), bir yo‘lovchiga to‘g‘ri keladigan operatsion xarajat, notarif daromadlarulushi va subsidiya yuki kabi ko‘rsatkichlar orqali baholash taklif etilgan.
metropoliten, operatsion samaradorlik, tarif siyosati, differensial tarif, notarif daromad, Rail + Property, transportga yo‘naltirilgan rivojlanish, yer qiymatini qoplash, Park & Ride, raqamli boshqaruv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.