«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
ORIGANUM TITTHANTHUM VA SALVIA OFFICINALIS O‘SIMLIKLARI KIMYOVIY TARKIBINING SIFAT VA MIQDORIY KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Asqarov, Ibrohim, Jumanova, Barno
Annotaciya
Ushbu tadqiqotda Origanum titthanthum (tog‘ rayhoni) va Salvia officinalis (dorivor shalfey) o‘simliklarining barglari 1:1 massa nisbatida aralashtirilib, «Oregano AS» nomli yangi oziq-ovqat qo‘shimchasi tayyorlandi. Olingan mahsulot quritish, maydalash va gomogenizatsiya jarayonlaridan o‘tkazildi. Organoleptik, fizik-kimyoviy va mikrobiologik tahlillar natijasida preparat sanitar-gigienik me’yorlarga javob berishi, shuningdek, og‘ir metallar va zararli mikroorganizmlardan xoli ekani aniqlandi. Polifenollar, flavonoidlar va efir moylarining yuqori miqdori mahsulotning biologik faolligini tasdiqlaydi. «Oregano AS» oziq-ovqat sanoatida ekologik toza va istiqbolli oziq-ovqat qo‘shilmasi sifatida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Oregano AStog‘ rayhonidorivor shalfeyoziq-ovqat qo‘shimchasisifat baholashmiqdoriy tahlil.Oregano ASMountain basilMedicinal herbfood additive
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.