«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 1 (2025)
MAHALLIY AMARANT NAVLARIDAGI BIOLOGIK FAOL BO‘YOVCHI MODDALAR MIQDORINI ANIQLASH HAMDA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Najmitdinova, Guljahon
Abstract
<p>Mazkur maqolada bugungi kunda XXI asr o‘simligi deb e’tirof qilinayotgan amarant o‘simligidan samarali foydalanish, amarant kimyoviy tarkibining o‘ziga xosligi, biologik faol birikmalarga boyligi, inson salomatligini saqlashda undan unumli foydalanish, mahalliy yangi navlaridan kompleks foydalanish, funksional ovqatlanishni tashkil qilish uchun biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratish hamda ularni amaliyotga joriy qilish muammolari yoritilgan. Kuchli jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi toifadagi insonlar uchun tabiiy energetik ichimlik yaratish uchun mahalliy yangi “O‘zbekiston-M”, “Andijon”, “Marhamat”, “Ulug‘nor” amarant navlaridan maqbullarini aniqlash uchun o‘simlik yer ustki qismlari, barglari va gulbarglaridan ekstraktlar olib, ulardagi pigmentlar: amarantin, xlorofill, karotinoidlar miqdori solishtirma tarzda o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida bu maqsadlar uchun “Andijon”, “Marhamat” navlaridan foydalanish yuzasidan xulosa olingan.</p>
amarantbo‘yovchi moddapigmentekstraktamarantinxlorofillkarotinoidbiologik faol moddaoziq-ovqat qo‘shilmasianise; coriander; biological additives; high performance liquid chromatography; flavonoid.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.