«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 29 Issue 3 (2023)
FARGʻONA VILOYATI QOʻSHTEPA TUMANI ZOVURLARI BALIQLARINING UZUNLIK VA OGʻIRLIK MUNOSABATLARI
Sheraliyev, Baxtiyor, Xalimov, Sharofiddin
Abstract
<p><em>Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hududidagi zovurlarda tarqalgan 7 mahalliy va invaziv baliq turlari - Abbottina rivularis, Alburnus sp., Gobio lepidolaemus, Petroleuciscus squaliusculus, Pseudorasbora parva, Rhodeus ocellatus, Triplophysa strauchii ning uzunlik va ogʻirlik munosabatlari oʻrganildi. Oʻlchovlar umumiy uzunlik (0,1 sm aniqlikda) va umumiy ogʻirlik (0,1 g aniqlikda) koʻrsatkichlarida hisoblanilgan. Uzunlik va ogʻirlik munosabatlarining parametrlari uzunlikka nisbatan ogʻirlikning chiziqli logarifmik regressiya modeli yordamida aniqlandi, bunda regressiya qiyaligi uchun b ning qiymatlari 3 dan yuqori va past boʻlgan qiymatlar mos ravishda ijobiy va salbiy allometrik oʻsishni koʻrsatadi. Tadqiqot davomida b ning koʻrsatkichlari 3,012 (Triplophysa strauchii) dan 3,260 (Rhodeus ocellatu</em><em>s</em><em>) gacha holatda boʻldi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti (r<sup>2</sup>) qiymatlari 0,980 dan 0,998 gacha oʻzgarib, uzunlik va ogʻirlik oʻrtasidagi kuchli ijobiy munosabatni koʻrsatadi.</em></p>
chuchuk suv baliqlariFarg‘ona vodiysimorfometriyauzunlik va og‘irlik orasidagi munosabatinvaziv turlarmahalliy turlar.freshwater fishesFergana Valleymorphometrylength-weight relationship
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.