«FarDU ilmiy xabarlari» 29-tom 3-san (2023)
Fargʻona Viloyati Qoʻshtepa Tumani Zovurlari Baliqlarining Uzunlik va Ogʻirlik Munosabatlari
Sheraliyev, Baxtiyor, Xalimov, Sharofiddin
Annotaciya
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hududidagi zovurlarda tarqalgan 7 mahalliy va invaziv baliq turlari - Abbottina rivularis, Alburnus sp., Gobio lepidolaemus, Petroleuciscus squaliusculus, Pseudorasbora parva, Rhodeus ocellatus, Triplophysa strauchii ning uzunlik va ogʻirlik munosabatlari oʻrganildi. Oʻlchovlar umumiy uzunlik (0,1 sm aniqlikda) va umumiy ogʻirlik (0,1 g aniqlikda) koʻrsatkichlarida hisoblanilgan. Uzunlik va ogʻirlik munosabatlarining parametrlari uzunlikka nisbatan ogʻirlikning chiziqli logarifmik regressiya modeli yordamida aniqlandi, bunda regressiya qiyaligi uchun b ning qiymatlari 3 dan yuqori va past boʻlgan qiymatlar mos ravishda ijobiy va salbiy allometrik oʻsishni koʻrsatadi. Tadqiqot davomida b ning koʻrsatkichlari 3,012 (Triplophysa strauchii) dan 3,260 (Rhodeus ocellatu s ) gacha holatda boʻldi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti (r 2 ) qiymatlari 0,980 dan 0,998 gacha oʻzgarib, uzunlik va ogʻirlik oʻrtasidagi kuchli ijobiy munosabatni koʻrsatadi.
chuchuk suv baliqlariFarg‘ona vodiysimorfometriyauzunlik va og‘irlik orasidagi munosabatinvaziv turlarmahalliy turlarfreshwater fishesFergana Valleymorphometrylength-weight relationship
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.