«FarDU­ ilmiy xabarlari» 29-jild 2-son (2023)

NODIRA BADIIY TAFAKKURINI SHAKLLANISHIDA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI

Eshonqulova, Surayyo

Manbada oʻqish

Annotatsiya

Tadqiqotning maqsadi sohibi devon, zullisonayn shoira Mohlaroyim – Nodiraning ijodiy laboratoriyasini o‘rganish va shaxsiyati masalasiga bo‘lgan munosabatni davr kesimida baholash, shoira badiiy tafakkurini shakllanishida adabiy muhitning o‘rnini aniqlashdan iborat.

Shoira badiiy tafakkurini shakllanishida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni masalasi alohida tarixiy-qiyosiy metod asosida kompleks tahlil etildi, germenevtik usuldan foydalanilgan holda maxsus tadqiqot doirasiga tortildi.

Tadqiqot natijasi sifatida Nodiraning badiiyat olamini shakllantirgan quyidagi omillarni qayd etish mumkin: a) Turmush o‘rtog‘i Umarxonning sa’y-harakatlari; b) Jahon otin Uvaysiy saboqlari; v) Nodira rahnamoligida ijod qilgan shoiru-shoiralarning o‘zaro adabiy aloqadorligi.

Quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, XVIII asr I-yarmida Qo‘qon xonligi tasarrufida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti Amir Umarxon davriga kelib taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Davr shoirasi – Nodiraning zarofatli shoira sifatida kamolga yetishishida adabiy muhit muhim o‘rin tutgan. Xususan, Nodira badiiy tafakkurini shakllanishida uning turmush o‘rtog‘i Umarxonning sa’y-harakatlari, Jahon otin Uvaysiy saboqlari ta’siri ostida takomil topgan bo‘lsa, shoira Nodira rahnamoligida ijod qilgan shoiru-shoiralarning adabiy aloqadorligi muhim o‘rin tutgan; Ikkinchidan, umr yo‘ldoshining vafotidan so‘ng Nodirayi davron Farg‘ona mulkini obod qildi. U adabiy muhit rivojiga hissa qo‘shib, XIX asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyotida ustozlik va homiylik darajasiga ko‘tarila olgan yirik siymo sifatida o‘z izini qoldirdi; Uchinchidan, Nodira lirikasi o‘z zamiriga muhabbat, sadoqat, insonparvarlik, adolat, iymon-e’tiqod g‘oyalarini zargarona singdira olgan. Shoira o‘zining lirik asarlari orqali ezgulik, hayotda yaxshi nom va ezgu ish qoldirish g‘oyalarini tarannum etganligi bilan ahamiyatli. Uning lirikasi xalq qalbida jo‘shqinlik tuyg‘usini uyg‘otadi. Ushbu holat shoirani Qo‘qon adabiy muhitiga munosib voris ekanligini isbotlaydi.

Nodiradevonbadiiy tafakkurQo‘qon adabiy muhitiUmarxonUvaysiyan’anaviylikvorislik.Nadiradivan

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Eshonqulova, Surayyo (2023). NODIRA BADIIY TAFAKKURINI SHAKLLANISHIDA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 29(2).
GOST R 7.0.5
Eshonqulova, Surayyo NODIRA BADIIY TAFAKKURINI SHAKLLANISHIDA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2023. Т. 29. № 2.
BibTeX
@article{surayyo2023,
author  = {Eshonqulova, Surayyo},
title   = {NODIRA BADIIY TAFAKKURINI SHAKLLANISHIDA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI},
journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
year    = {2023},
volume  = {29},
number  = {2}

RIS
TY  - JOUR
AU  - Eshonqulova, Surayyo
TI  - NODIRA BADIIY TAFAKKURINI SHAKLLANISHIDA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2023
VL  - 29
IS  - 2
ER  -