«FarDU ilmiy xabarlari» 28-jild 2-son (2022)
YUQORI JUFT TARTIBLI XUSUSIY HOSILALI DIFFERENSIAL TENGLAMA UCHUN TO‘G‘RI TO‘RTBURCHAKDA BOSHLANG‘ICH-CHEGARAVIY MASALA
Urinov, Axmadjon, Azizov, Muzaffar
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqolada to‘g‘ri to‘rtburchakda Bessel operatori qatnashgan yuqori juft tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun boshlang‘ich-chegaraviy masala o‘rganilgan. Qo‘yilgan masalaga o‘zgaruvchilarni ajratish usulini qo‘llab, yuqori juft tartibli oddiy differensial tenglama uchun spektral masala olingan. Oxirgi masala o‘z-o‘ziga qo‘shma ekanligi isbotlanib, uning xos funksiyalari sistemasi mavjudligi, shuningdek, ushbu sistema ortonormalligi va to‘laligini ko‘rsatilgan. O‘rganilayotgan masalaning yechimi spektral masalaning xos funksiyalari sistemasi bo‘yicha Fury’e qatori ko‘rinishida qidirilgan. Bu qatorning va undan hadlab differensiallash yo‘li bilan olingan qatorlarning tekis yaqinlashuvchiligini ta’minlovchi shartlar topilgan. Masalani yechishning yagonaligi energiya integrali usuli bilan isbotlangan. Masala yechimi uchun uning berilgan funksiyalarga uzluksiz bog‘liq ekanligi kelib chiqaruvchi bahosi olingan.</em></p>
boshlang‘ich-chegaraviy masalaspektral masalamasala yechimining mavjudligiyagonaligi va turg‘unligio‘zgaruvchilarni ajratish usuli.initial-boundary value problemspectral problemthe existenceuniqueness and stability of the solutionthe method of separation of variables.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.