Қўқон университети хабарномаси 16-tom (2025) · 177-179-betler
MUSIQA TA’LIMIDA INTEGRATSIYA VA INTERFAOL METODLAR
Sobirova, Oygul
Annotaciya
Mazkur maqolada musiqa ta’limida integratsiya va interfaol metodlardan foydalanish orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda musiqa fanini adabiyot, tarix va psixologiya fanlari bilan integratsiyalashning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan hamda debat, jamoaviy ijro, ijodiy loyiha, munozara kabi interfaol metodlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi yoritilgan. Tajriba-sinov natijalari integratsiya va interfaol metodlar uyg‘unligi talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, darsni loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbiy tayyorgarligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.
musiqa ta’limi, integratsiya, interfaol metodlar, metodik kompetentlik, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, fanlararo bog‘liqlik.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.