Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 17 (2026) · Саҳифаҳои 224-225
SO‘Z O‘YINLARINING KOGNITIV ASOSLARI VA ULARNING TARJIMA QILINUVCHANLIK DARAJASI: “SHUM BOLA” ASARI MISOLIDA QIYOSIY TAHLIL
Iroda, Baydjanova
Аннотатсия
Ushbu maqolada so‘z o‘yinlari (kalamburlar)ning kognitiv asoslari va ularning tarjima qilinuvchanlik darajasi G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek, ingliz va rus tillari qiyosiy o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, so‘z o‘yinlarining tarjima qilinuvchanligi tillarning tipologik xususiyatlariga, leksik tizimlarning o‘xshashligiga va fonetik sistemalarning mosligiga bog‘liq. Rus tiliga tarjimada so‘z o‘yinlarining saqlanish darajasi ingliz tiliga tarjimaga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqotda so‘z o‘yinlarining turlari (polisemik, omonimik, paronimik, morfologik) aniqlanib, ularning kontseptual integratsiya jarayonidagi roli o‘rganildi. Tarjima tahlili Delabastita va Chiaro tavsiyalariga asoslanib amalga oshirildi va har bir strategiyaning samaradorligi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, rus tiliga tarjimada so‘z o‘yinlarining saqlanish darajasi ingliz tiliga nisbatan yuqori bo‘lib, bu tipologik va morfologik yaqinlik, shuningdek madaniy o‘xshashlik bilan izohlanadi. Tadqiqot shuningdek, tarjimonlar uchun strategik tavsiyalar beradi: tipologik yaqin tillarda so‘z o‘yinlarini saqlashga, tipologik uzoq tillarda esa kompensatsiya yoki izohli tarjima strategiyasidan foydalanishga urg‘u berish lozim.
so‘z o‘yini, kalambur, kognitiv asos, tarjima qilinuvchanlik, kontseptual integratsiya, omonimiya, polisemiya
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.