Қўқон университети хабарномаси Volume 19 (2026) · pp. 89-92

ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI

Mirziyatov, Shuhrat

Read at source PDF

Abstract

Ushbu maqolada oʻzlashma terminlarning qabul qiluvchi tilga kirgandan keyin yangi ijtimoiy, madaniy va kasbiy-kommunikativ ehtiyojlarga mos ravishda semantik moslashuvi jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot zamonaviy arab diplomatik terminologiyasi va OAV matnlari misolida olib borilib, oʻzlashma birliklarning semantik transformatsiyasi asosan ma’no torayishi va ma’no kengayishi yoʻnalishlarida kechishi aniqlangan. Xususan, fītū (veto), ajinda (kun tartibi), lūbī (lobbi) va diblūmāsiyya (diplomatiya) kabi terminlarning kontekstual oʻzgarishlari, shuningdek, arab tilidagi izofa va sifat munosabatidagi birikmalarning terminologik-semantik vazifasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda semantik, komponentli, qiyosiy-kontekstual va distributiv tahlil usullaridan foydalanilib, o‘zlashma terminlarning manba tildagi dastlabki ma’nolari hamda arab diplomatik diskursida kasb etgan yangi funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, izofa va sifat munosabatiga asoslangan terminologik birikmalarning o‘zlashma birliklar ma’nosini sohaviy jihatdan cheklash, aniqlashtirish va barqaror diplomatik termin sifatida shakllantirishdagi o‘rni aniqlandi. Tadqiqot natijalari arab tilidagi o‘zlashma diplomatik terminlarning semantik moslashuvi nafaqat ma’no torayishi va kengayishi, balki kontekstual qayta talqin, semantik komponentlarning faollashuvi hamda diskursiv terminlashuv jarayonlari orqali ham amalga oshishini ko‘rsatadi.

semantik moslashuv, oʻzlashma termin, arab diplomatik terminologiyasi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi, diplomatik diskurs, OAV tili, komponentli tahlil, izofa munosabati.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Mirziyatov, Shuhrat (2026). ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 89-92.
GOST R 7.0.5
Mirziyatov, Shuhrat ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 19. С. 89-92.
BibTeX
@article{shuhrat2026,
  author  = {Mirziyatov, Shuhrat},
  title   = {ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {19},
  pages   = {89-92}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Mirziyatov, Shuhrat
TI  - ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 19
SP  - 89
EP  - 92
ER  -