Қўқон университети хабарномаси 19-tom (2026) · 89-92-betler
ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI
Mirziyatov, Shuhrat
Annotaciya
Ushbu maqolada oʻzlashma terminlarning qabul qiluvchi tilga kirgandan keyin yangi ijtimoiy, madaniy va kasbiy-kommunikativ ehtiyojlarga mos ravishda semantik moslashuvi jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot zamonaviy arab diplomatik terminologiyasi va OAV matnlari misolida olib borilib, oʻzlashma birliklarning semantik transformatsiyasi asosan ma’no torayishi va ma’no kengayishi yoʻnalishlarida kechishi aniqlangan. Xususan, fītū (veto), ajinda (kun tartibi), lūbī (lobbi) va diblūmāsiyya (diplomatiya) kabi terminlarning kontekstual oʻzgarishlari, shuningdek, arab tilidagi izofa va sifat munosabatidagi birikmalarning terminologik-semantik vazifasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda semantik, komponentli, qiyosiy-kontekstual va distributiv tahlil usullaridan foydalanilib, o‘zlashma terminlarning manba tildagi dastlabki ma’nolari hamda arab diplomatik diskursida kasb etgan yangi funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, izofa va sifat munosabatiga asoslangan terminologik birikmalarning o‘zlashma birliklar ma’nosini sohaviy jihatdan cheklash, aniqlashtirish va barqaror diplomatik termin sifatida shakllantirishdagi o‘rni aniqlandi. Tadqiqot natijalari arab tilidagi o‘zlashma diplomatik terminlarning semantik moslashuvi nafaqat ma’no torayishi va kengayishi, balki kontekstual qayta talqin, semantik komponentlarning faollashuvi hamda diskursiv terminlashuv jarayonlari orqali ham amalga oshishini ko‘rsatadi.
semantik moslashuv, oʻzlashma termin, arab diplomatik terminologiyasi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi, diplomatik diskurs, OAV tili, komponentli tahlil, izofa munosabati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.