Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Volume 2 Issue 3 (2026) · pp. 602-610
OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI
Tilavberdiyev SH.A, Igamberdiyev B.N, Umirov S.E, Yusupov SH.R
Abstract
OIV in'ektsiyali bemorlarning hayoti uchun xavf tug’diruvchi asosiy sabab opportunistik infektsiyalar va ikkilamchi kasalliklar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi OIV infektsiyali bemorlarda opportunistik kasalliklarning tarkibini baholash va laborator ko'rsatkichlarini tavsiflashdan iborat. Materiallar va usullar. Opportunistik kasalliklar bilan asoratlangan OIV infeksiyali 121 nafar tasodifiy tanlab olingan bemorlarga taalluqli ma’lumotlar retrospektiv tahlil etildi. Natijalar va ularning muhokamasi. Bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar ulushi, ayollar ulushiga qaraganda 2 marta yuqori. Yosh guruhlari tarkibida 40-49 yosh guruhidagi shaxslar hissasi ustuvor. Bemorlarning 83 nafarida (68,6%) ikkilamchi kasallik alohida holatda, 38 nafarida (31,4%) turli ko’rinishlardagi mikst holatida kuzatilgan. Alohida yoki boshqa opportunistik kasalliklar bilan qo’shilgan holda jami citomegalovirusli infeksiyalar 73,6%, pnevmocistoz 48,8% va traxeobronxial kandidoz 13,2% bemorlarda qayd etildi. OIV infektsiyali bemorlarda vujudga keladigan opportunistik kasalliklarning turi immunitet tanqisligi darajasiga bog’liq. Birga kechuvchi opportunistik kasalliklar soni oshishiga mutanosib ravishda OIV yuklamasining medianasi oshib boradi. Xulosalar. Ikkilamchi kasalliklar OIV infektsiyasining kechishiga va uning oqibatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi, rivojlanish suratini tezlashtiradi va bemorlarning umrini qisqartiradi. Shu bois, OIV bilan kasallangan bemorlarni baholashda, olib borishda kompleks va integrativ yondashuv taqazo etiladi.
OIV infektsiyasiopportunistik infektsiyalarpnevmocistozsitomegalovirus infektsiyasi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.