Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 3-нөмір (2026) · 602-610-беттер

OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI

Tilavberdiyev SH.A, Igamberdiyev B.N, Umirov S.E, Yusupov SH.R

Дереккөзден оқу PDF

Аңдатпа

OIV in'ektsiyali bemorlarning hayoti uchun xavf tug’diruvchi asosiy sabab opportunistik infektsiyalar va ikkilamchi kasalliklar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi OIV infektsiyali bemorlarda opportunistik kasalliklarning tarkibini baholash va laborator ko'rsatkichlarini tavsiflashdan iborat. Materiallar va usullar. Opportunistik kasalliklar bilan asoratlangan OIV infeksiyali 121 nafar tasodifiy tanlab olingan bemorlarga taalluqli ma’lumotlar retrospektiv tahlil etildi. Natijalar va ularning muhokamasi. Bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar ulushi, ayollar ulushiga qaraganda 2 marta yuqori. Yosh guruhlari tarkibida 40-49 yosh guruhidagi shaxslar hissasi ustuvor. Bemorlarning 83 nafarida (68,6%) ikkilamchi kasallik alohida holatda, 38 nafarida (31,4%) turli ko’rinishlardagi mikst holatida kuzatilgan. Alohida yoki boshqa opportunistik kasalliklar bilan qo’shilgan holda jami citomegalovirusli infeksiyalar 73,6%, pnevmocistoz 48,8% va traxeobronxial kandidoz 13,2%  bemorlarda qayd etildi. OIV infektsiyali bemorlarda vujudga keladigan opportunistik kasalliklarning turi immunitet tanqisligi darajasiga bog’liq. Birga kechuvchi opportunistik kasalliklar soni oshishiga mutanosib ravishda OIV yuklamasining medianasi oshib boradi. Xulosalar. Ikkilamchi kasalliklar OIV infektsiyasining kechishiga va uning oqibatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi, rivojlanish suratini tezlashtiradi va bemorlarning umrini qisqartiradi. Shu bois, OIV bilan kasallangan bemorlarni baholashda, olib borishda kompleks va  integrativ yondashuv taqazo etiladi.

OIV infektsiyasiopportunistik infektsiyalarpnevmocistozsitomegalovirus infektsiyasi

Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.

Дәйексөз алу

APA 7
Tilavberdiyev SH.A, Igamberdiyev B.N, Umirov S.E & Yusupov SH.R (2026). OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3), 602-610.
GOST R 7.0.5
Tilavberdiyev SH.A, Igamberdiyev B.N, Umirov S.E, Yusupov SH.R OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. 2026. Т. 2. № 3. С. 602-610.
BibTeX
@article{sh.a2026,
  author  = {Tilavberdiyev SH.A and Igamberdiyev B.N and Umirov S.E and Yusupov SH.R},
  title   = {OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year    = {2026},
  volume  = {2},
  number  = {3},
  pages   = {602-610}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tilavberdiyev SH.A
AU  - Igamberdiyev B.N
AU  - Umirov S.E
AU  - Yusupov SH.R
TI  - OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI
JO  - Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
PY  - 2026
VL  - 2
IS  - 3
SP  - 602
EP  - 610
ER  -