Marketing № 1 (2025) · с. 546-558
MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA INNOVATSION SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISH SAMARADORLIGI
Dadamirzayev Muzaffar Xabibullayevich
Аннотация
Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyot sharoitida innovatsion salohiyatni shakllantirish va uni samarali boshqarish masalalari nazariy hamda empirik yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda innovatsion salohiyat mintaqaning uzoq muddatli raqobatbardoshligi va barqaror iqtisodiy oʻsishini belgilovchi muhim omil sifatida talqin etilib, uning tarkibiy elementlari — inson kapitali, ilmiy-texnologik baza, innovatsion infratuzilma va institutsional muhit oʻzaro bogʻliqlikda oʻrganilgan. Namangan viloyati hududlari misolida innovatsion resurslar, jarayon faolligi hamda boshqaruv samaradorligi integral indekslar asosida baholanib, hududlararo nomutanosibliklar aniqlangan. Natijalar innovatsion rivojlanish darajasi resurslar hajmidan koʻra ularni muvofiqlashtirish va boshqarish sifati bilan belgilanayotganini koʻrsatdi. Maqolada mintaqaviy innovatsion siyosatni takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.